Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan qutlug‘ Ramazon hayiti  munosabati   bilan Qarshi shahridagi "Muruvvat" nogiron bolalar uchun internat uyida  bayram tadbiri tashkil etildi.

             

 

 

 

Shu munosabat bilan tashkil etilgan  tadbirda internat uyi tarbiyalanuvchilari, xodimlari, sog‘liqni saqlash tizimi hamda homiy tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Viloyat hokimi Zafar Rо‘ziyev sо‘zga chiqib, imkoniyati cheklangan shaxslarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom kо‘rsatish, aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlami manfaatlarini ta’minlash doimiy e’tiborda ekanini ta’kidladi.

Tadbir san’atkorlar ishtirokidagi konsert bilan yanada fayzli tus oldi, internat tarbiyalanuvchilariga homiylarning bayram sovg‘alari topshirildi.

                                                                                                              

Suratlarni Murod Komilov olgan.

                                                                                         Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati.

06-06-2019 |
Foto galereya