MUHAMMADQODIR ABDULLAYEV QARSHIDA

MUHAMMADQODIR ABDULLAYEV QARSHIDA

Olimpiada va jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni, Osiyo о‘yinlari va jahon kubogi g‘olibi Muhammadqodir Abdullayev Qarshi shahrida bо‘lib, boks sporti ixlosmandlari bilan uchrashdi. Bu haqda Qarshi shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bank kollejida shahar hokimligi va qator tashkilotlar tashabbusi bilan о‘tkazilgan tadbirga Qarshi shahridagi “Temurbeklar” harbiy maktabi va kollej о‘quvchilari, boks tо‘garaklari a’zolari taklif etildi.

Boks sporti orqali yurtimizni dunyoga tanitgan Muhammadqodir Abdullayevni bugun kо‘pchilik yoshlar “Zamonamiz qahramoni” sifatida bilishadi, unga ergashuvchilar viloyatimizda ham kо‘plab topiladi.

Albatta, uning о‘tgan hayot yо‘li, shu vaqtgacha erishgan muvaffaqiyatlari siri yoshlar uchun qiziq. Bu esa suhbatlardan ham ma’lum bо‘ldi.

“Sport bilan kо‘proq shug‘ullaninglar. Sport yaxshi tarbiya vositasi, u insonni yomonlikka boshlamaydi. Bekorchi, hech narsaga qiziqmaydigan, befarq odam esa buzg‘unchi, yot g‘oyalar ta’siriga tez tushadi. Shunday ekan, jismonan-ma’nan sog‘lom, jamiyatga, Vatanga foydasi tegadigan inson bо‘lishni maqsad qiling.  Mana men shu yо‘lni tanlab hech kam bо‘lmadim. Ota-onangiz, ustozlaringiz ham siz, yoshlardan shuni kutayapti”, dedi mashhur sportchi о‘z suhbatida.

Shundan sо‘ng Muhammadqodir Abdullayev boks ixlosmandlariga master-klass о‘tib berdi. Bu sportsevar yoshlar uchun yaxshi saboq bо‘lib xizmat qildi.

  • Telefon: (71) 200-55-05, (75) 221-07-60

  • Pochta indeksi: 180100

  • Faks: (75) 221-13-40

  • Elektron pochta: info@qashqadaryo.uz

  • Manzil: Qashqadaryo viloyati,
    Qarshi shahri, Mustaqillik maydoni,1

  • Yaqin jamoat transport to`xtash joylari Milliy bank va Mustaqillik maydoni bekati avtomashrut: 1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,37,44,462,11,21,37,33