Joriy mavsumda kasanachi va fermerlar jami 108 ta zvenoda 1090 quti ipak qurti boqilmoqda.

Quvonarli jihati pilla parvarishiga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshdi hamda bu mavsumda pillakorlarimiz birinchilardan bo‘lib pilla topshirishni boshlashdi.

Bu mavsumda 60 tonnadan ortiq pilla hosili olish reja qilingan bo‘lib, 22-may holatiga jami 60 tonna pilla hosili topshirilgan.

Kasanachilarning mehnatini hisobga olib bir oylik faoliyati uchun bir yillik mehnat staji yozilmoqda.

Pillakorlarimiz yana 10 tonnaga yaqin topshirish reja qilingan.

Mirishkor tumani hokimligi

Axborot xizmati

22-05-2020 |
Foto galereya