Shahrisabz shahridagi “Choshtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida yangi 2-huquq-tartibot maskani qurib foydalanishga topshirildi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shuhratjon Satvoldiyev, tuman sektorlar rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Mehmonlar huquq-tartibot maskanining afzalliklari, osoyishtalikka masʼul boshqa tashkilotlarning hamkorligi xaritasi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor hamda voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog, milliy gvardiya, jamoatchilik vakillariga mo‘ljallangan xonalarni o‘z ichiga olgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

29-09-2023 |
Foto galereya