Koson tumanida bir qator savobli va ezgu ishlarga qо‘l urildi.

Xalq deputatlari Koson tuman Kengashi deputati Lobar Abidova Navrо‘z bayrami arafasida tumandagi Pudina qishlog‘ida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalar holidan xabar oldi.

Aytish joizki, tumanda hayrli ishlarning davomini “Turon Bank” ATBning Koson bank xizmatlari xodimlari va tadbirkorlar davom ettirdi. Ularning tashabbusi bilan «Extiyotkorlik zarar qilmaydi» shiori ostida niqob va qо‘lqoplar bepul tarqatildi.

Tadbirkorlar tomonidan esa tumandagi dehqon bozorida hayriya stoli tashkil etildi. Bunda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Koson tuman bо‘limi ham о‘z tashabbusini kо‘rsatmoqda.

Qashqadaryo viloyati hokimligi

Axborot xizmati

20-03-2020 |
Foto galereya