Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida birgina maqsad, aholi bandligini taʼminlash, daromadlarini oshirish ishsizlikni qisqartirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash yotibdi.

Shundan kelib chiqib, viloyatda bu yo‘nalishdagi ishlarga ham alohida eʼtibor qaratilib, 2023-yil 1-dekabr holatiga 490 798 nafar aholi bandligi taʼminlandi hamda yil boshiga mavjud 10,2 foiz ishsizlik darajasi 8,6 foizga tushirildi.

Ushbu natijalarga erishishda “Ishga marhamat” monomarkazi va kasb-hunarga o‘qitish markazlarida, tuman, shahar bandlik bo‘limlarining kasbga o‘qitish xodimlarining hissasi katta. Ular yanvar-dekabr oylari davomida 13 600 nafar ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni kasb-hunarga jalb etib, daromadli ishlarga joylashishiga ko‘maklashdi.

Shu maqsadda, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan 2023-o‘quv yilida o‘qishni tashkil qilishda faol qatnashganlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

27-12-2023 |
Foto galereya