Tumandagi “Hamkorlik” mahallasida faoliyat olib borayotgan "Oltin agro hosil mahsulotlari" MCHJ tomonidan yetishtirilgan qo‘ziqorinlar hozirda respublikaning turli hududlarida sotiladi.

"Mahallada bo‘sh turgan eski qarovsiz binoning yer to‘la qismi tadbirkorga ajratib berildi. Hozirda bu yerda 4 kishi doimiy, 30 kishi mavsumiy ishli bo‘ldi", -deydi mahalla raisi Saidmurod Xolmurodov.

"Biz hozirda qo‘ziqorinning “veshenka” navini yetishtiryapmiz. Bu nav juda foydali va oqsilga boy. Xaridorlari ham ko‘p", - deydi MCHJda faoliyat ko‘rsatayotgan ischilardan biri G‘ulom Berdiyev.

Hozirda qo'ziqorinning bu navi 1 kg uchun bozorda 25-30 ming so'mdan haq to'lanadi. Bu esa yaxshigina daromad manbai deganidir.

03-01-2024 |
Foto galereya