2020 yilda Koson tumanida eksport salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida yangi  eksportyor korxonalar tashkil etildi. Jumladan:

➡️ "Abdullayev Shoxrux" Fermer xo‘jaligi tomonidan 89 ming dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Rossiya va Qozog‘iston davlatlariga eksportga chiqarildi. 2-chorak yakuniga qadar xorijga 400 ming dollarlik tarvuz eksport qilish rejalashtirilgan;

➡️"One export centre" MCHJ tomonidan Rossiyaga va Qozog‘iston davlatlariga yanvar-aprel oylarida jami 500 ming dollarlik karam, ko‘kat, uzum, piyoz, lavlagi va gulkaram mahsulotlari eksport qilindi. 2-chorak yakuniga qadar xorijga 500 ming dollarlik tarvuz eksport qilish rejalashtirilgan;

➡️ "Haydar o‘g‘li Pirmat" MCHJ tomonidan jami 26 ming  dollarlik Rossiya va Qozog‘iston davlatlariga piyoz, lavlagi, karam eksport qilgan. 2-chorak yakuniga qadar xorijga 500 ming dollarlik tarvuz eksport qilish rejalashtirilgan;

29-04-2020 |
Foto galereya