Viloyat hokimi yangi umumta’lim maktablarining 2019-2020 о‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan bayram tadbirlarida ishtirok etadi va bolajonlarga о‘zining hayot yо‘li hamda tavsiyalari bilan о‘rtoqlashadi.

Shuningdek, viloyatdagi tashkilot rahbarlari, ziyolilar, san’at va madaniyat ahli, tuman hamda shahar hokimi va о‘rinbosarlari ham о‘zlari ta’lim olgan maktablarda mehmon bо‘lishadi.

Bu kabi uchrashuvlar Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Ularning hayot yо‘li, xalq о‘rtasidagi obrо‘-e’tibori bolajonlar uchun ibrat bо‘ladi hamda о‘z oldiga buyuk maqsadlar qо‘yib bilim olishga da’vat etadi”, degan umiddamiz.

Ahror SODIQOV, Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari.

27-08-2019 |
Foto galereya