Har bir odamning, har bir oilaning о‘ziga yarasha og‘riqli nuqtalari, hayot yо‘llarida toblagan sinovlari, taqdir yо‘llari bor. Bu bahor bir inson yoki bir oilaning emas, butun dunyo ahlining, jumladan, xalqimiz boshiga ham katta sinov bilan keldi. Sinovlarga hayron va hadik bilan qarayotgan yurtdoshlarimga qarab, bu ofatning ortida gunohlarimiz turmaganmikan, bu sinov о‘zimizni yana bir bor taftish qilish uchun yuborilmadimikan, degan haqli savol xayolimizdan о‘ta boshlaydi.

Rostan ham bir о‘ylab kо‘rdikmi?! Kimning dilini og‘ritdigu, kimga ozor berdik?!

Dunyoni qо‘ya turaylik, о‘zimiz yashab turgan joyda bir yon-atrofimizga qaraylik, hali yodimizdan kо‘tarilib ulgurmagan voqea-hodisalarga bir nazar tashlaylik. Tan olib aytish kerakki oxirgi yillarda yurtimizda yetim bolalar, qarovsiz keksalar, tiriklayin tashlab ketilgan norasida gо‘daklar, ta’lim muassasalarida ichkilik va chekishga rо‘ju qо‘ygan yoshlar, ota-onasiga qо‘l kо‘tarishni odat qilgan farzandlar soni kо‘paydi. Ming afsuski, shaytonning makriga aldangan qotil ota-onalar ham kо‘zga kо‘rinib qoldi. Agar shunday kо‘ngilni xira qiluvchi hollar bо‘lmaganida bugun bu sinovlar boshimizga tushmagan bо‘larmidi?!

Kо‘zyosh bilan tо‘ygan bolalar; Hech yodimdan chiqmaydi. Bolaligimda juda kech bо‘lishiga qaramay bir ayol uyimizga yig‘lab keldi. Onamga: “Yordam bering, opa. Ishsizman, imkonsizman. Bolalarimning qorni och. Mendan yegulik sо‘rashsa, nochorligimdan xо‘rligim kelib yig‘layman. Bolalarim esa kо‘z yoshimni kо‘rishi bilan: “Ayajon, yig‘lamang. Bizni qornimiz tо‘ydi”, deyishadi. Men bolalarimni kо‘zyoshlarim bilan tо‘ydiryapman...” dedi. Uning gaplarini eshitgan rahmatli onam garchi о‘zi yetti nafar farzandni yolg‘iz boshi bilan katta qilayotgan bо‘lsalar-da, uyda nimaiki yegulik bо‘lsa, hammasini yig‘ib, о‘sha ayolga solib berdilar-da, ertasiga mahalladan yordam va ish masalasini hal qilishda kо‘mak berishini aytib, jо‘natib yubordilar. Men esa uyqu tortgan kо‘zlarimni uqalab: “Ertaga о‘zimiz uchun hech nima qoldirmadingiz-ku”, desam onam: “Ertagacha Xudo podsho, bolam, Xudo podsho. Yagona va odil podsho ezgulik ortidan ezgulik yuboradi. G‘oyibidan О‘zi yetkazib beradi”, dedilar. Rostan ham shunday vaziyatlarning ertasi kuni onamning aytgan gaplariga hayrat bilan ishonch hosil qilardim-da,bola qalbim bilan osmonga qarab: “Yagona va odil podsho ezgulik ortidan ezgulik yuboradi”, deb takrorlardim...

Xо‘sh hozir farzandlarini kо‘z yoshlari bilan tо‘ydirayotgan onalar yо‘q deb о‘ylasizmi?! Yaqinda tahririyatlarning birida ishlaydigan talaba yigitning onasi bilan suhbatlashib qoldim. U ayol: “Shunday kunlarimiz bо‘ldiki о‘g‘lim qorni ochsa, о‘zini chalg‘itish uchun kitob о‘qib, uxlab qolardi. Xudoga shukur, о‘z bilimi bilan oliy о‘quv yurtiga kirdi. Endi о‘qish bilan birgalikda ishlayapti”, dedi.

Aziz yurtdoshim! Siz hech о‘ylab kо‘rdingizmi?! Qachon, kimga ezgulik ulasha oldingiz?! Balkim biror yaqiningiz, qо‘shningiz nochorlikdan qiynalayotganu, biroq yordam sо‘rashga oriyati yо‘l qо‘ymay, farzandlarini kо‘zyoshi bilan tо‘ydirayotgandir. Agar bir-birimizga ezgulik ulashishni odat qilganimizda edi, u hozir yurtimizga tojdorvirusni emas, kо‘nglimizni shod qiladigan yaxshiliklarni yetaklab kelgan bо‘larmidi!

Nilufar Jabborova, jurnalist

01-04-2020 |
Foto galereya