О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida shu yilning 28 iyulidan tuman va shahar ichki ishlar organlarining jinoyat-qidiruv bо‘limlari boshliqlari, xavfsiz turizmni ta’minlash xizmati, navbatchilik qismi inspektorlari uchun navbatdagi malaka oshirish sayyor о‘quv yig‘inlari о‘tkazilmoqda.

О‘quv mashg‘ulotlari Ichki ishlar vazirligi malaka oshirish instituti professor-о‘qituvchilari tomonidan olib borilib, ichki ishlar organlari faoliyatiga oid dolzarb vazifalarga, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga, sohaga oid yangi normativ-huquqiy hujjatlarning talablari bilan tanishtirishga va ular asosida xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga e’tibor qaratilayotir. Qayd etish lozim, о‘tgan davr ichida о‘quv yig‘inlarida 11 mingga yaqin xodim qatnashib, о‘z malakasini oshirdi.

Mashg‘ulotlardan sо‘ng hududiy ichki ishlar organlari, fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bо‘yicha kengashlar bilan hamkorlikda mahallalarda "Jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz" mavzusida targ‘ibot tadbirlari ham olib borildi. Unda tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, xavfsizlikka tahdidlarni "о‘ziniki" va "о‘zgalarniki" deb ajratishdan voz kechish, har bir mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish kabi mavzularda sо‘z yuritildi.

- Bugungi kunda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyat mazmuni butunlay о‘zgarib, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning mutlaqo yangi tizimi yaratildi, - deydi institut boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor Nuriddin Normatov. - Ayni paytda, huquqbuzarliklarning oqibati bilan kurashish emas, balki noqonuniy harakatlar sodir etilishining barvaqt oldini olish dolzarb vazifaga aylandi. Yoshlar, ayniqsa voyaga yetmaganlar tomonidan turli jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish borasida belgilab berilgan vazifalarni bajarish institutimiz jamoasining ham asosiy vazifasidir.

Tadbir doirasida kam ta’minlangan, yolg‘iz keksalar, ichki ishlar organlari tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilib, bugungi kunda nafaqada bо‘lgan faxriylar holidan xabar olindi.

- Bu yil 75 yoshga tо‘ldim, - deydi ichki ishlar faxriysi, iste’fodagi podpolkovnik Ochil Rajabov. - Sog‘lig‘im yomonlashib, bir oyog‘imdan ayrilib nogiron bо‘lib qolganman. Tizim faxriylari, xodimlar doim yо‘qlab turishganidan xursandman.

Sayyor о‘quv yig‘inlari bugun о‘z yakuniga yetadi.

N.XО‘JAYEV

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

03-08-2019 |
Foto galereya