Mamlakatimizda olib borilayotgan xalqchil siyosat natijasida fuqarolarning muammolari ijobiy yechim topmoqda, mahallalar, qishloqlar, kо‘chalar kо‘rkam qiyofa kasb etib, kundan-kunga obod bо‘lmoqda.

Birgini Qarshi shahridagi Aral mahallasiga tez fursatda 1052 metr asfalt yо‘l yotqizilib, 1,5 km. yо‘l ta’mirlandi. 1 ta yangi transformator 6 ta simyog‘och о‘rnatilib, simlar tortildi. Ushbu amalga oshirilgan ishlar uchun mahalliy byudjetdan jami 1 mlrd. 66 mln. sо‘mlik mablag‘ ajratildi. Shu kuni 2334 nafar aholi istiqomat qiladigan mazkur mahallada bayramona tadbir tashkil etildi. Ushbu ishlarni mahalla ahliga tantanali topshirish marosimida viloyat hokimi Zafar Ruziyev va jamoatchilik vakillari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.

– Mahallalar, qishloqlar, kо‘chalar kundan-kunga obod bо‘lmoqda. Kо‘rkam qiyofa kasb etmoqda. Shu jumladan, bizning mahallada ham ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.Bundan ikki xafta oldin  viloyat hokimi bizning mahallamizga tashrif buyurib, keksalar, mahalla faollari bilan muloqot о‘tkazgan edilar. Muloqot jarayonida mahalladagi 3 ta kо‘chaning yо‘llari ta’mirtalabligi, transformator va simyog‘ochlarga extiyoj borligi haqida  faollar tomonidan viloyat hokimiga murojaat qilingan edi.-deydi Aral mahallasida yashovchi fuqaro Muyiddin Jо‘rayev. Ikki xafta davomida mahallamizda 1052 metr asfalt yо‘l yotqizilib, 1,5 km. yо‘l ta’mirlandi. 1 ta yangi transformator, 6 ta simyog‘och о‘rnatilib, simlar tortildi. Bu ezgu ishlardan mahalladoshlarimiz xursand.

Viloyat san’atkorlari tomonidan konsert dasturi namoyish etilib, keksa faxriy onaxonlarga sovg‘alar ulashildi.

Darhaqiqat, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar inson va uning manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilishi bilan bir qatorda aholi turmush farovonligini yaxshilashda ham muhim omil bо‘lmoqda. 

 

Suratlarni Murod Komilov olgan.

Viloyat hokimligi axborot xizmati.

22-07-2019 |
Foto galereya