Joriy yilning ilk "hokimlik soati"da viloyat hokimi Murotjon Azimov barcha masʼullar ishtirokida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy, investitsiyaviy salohiyatini rivojlantirish va Prezidentimiz qaror hamda farmonlari bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng muhokama qildi.

Shuningdek, ichki kanal va ariqlarni betonlashtirish hamda klaster va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida debitor-kreditor qarzdorliklarni so‘ndirish chora-tadbirlari, viloyatda tashqi reklama sohasini samaradorligini taʼminlash, aholini uy-joy bilan taʼminlash, yirik shaharlar bosh rejasini ishlab chiqish, imtiyozli ipoteka kreditlari va subsidiyalar ajratish va qurilishda bosh rejaga rioya etish borasidagi ishlar hamda kommunal xizmatlarining debitor qarzdorliklarini qisqartirish masalalari ham muhokama qilindi.

Yig‘ilish kun tartibidagi barcha masalalar muhokama qilinib, kelgusida qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

09-01-2024 |
Foto galereya