O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan G‘uzor tumani “Do‘ltali” mahallasidagi bo‘sh turgan sobiq maktabgacha taʼlim tashkiloti “O‘zbekneftgaz” AJ homiyligida loyiha qiymati 7 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga 120 o‘rinli yangi 32-sonli DMTT qurib, foydalanishga topshirildi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotini ochilishida Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov, tuman hokimi Bekzod Suyunov, sektor rahbarlari, mahalla faollari, nuroniylar va bolajonlar hamda ularni ota-onalari ishtirok etishdi.

Zamonaviy bog‘cha ochilishi bilan 26 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlanib, ularga ishga qabul qilganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.

Maʼlumot uchun, ayni kunda tumanda jami 19113 nafar 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalardan 12233 nafar bolajonlar (64 %) maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrov olindi.

31-08-2023 |
Foto galereya