Yakkabog‘lik saxovatli tadbirkorlar o‘zlarining taklif va tashabbuslari bilan chiqishib, Prezidentimiz tashabbuslari bilan mamlakatimizda  faoliyat ko‘rsata boshlagan   “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini qo‘llab-quvvatlashib, jamg‘arma hisob raqamiga mablag‘ tushirish ishlarini boshlab yuborganliklari tahsinga sazovor.

Yakkabog‘lik oliyhimmatli tadbirkorlar va saxovatpesha insonlar tomonidan jamg‘armaga qisqa vaqt ichida 136,831 million so‘mlik mablag‘ o‘tkazilib berildi.

Abdinabi G‘iyasov boshchiligidagi “Kumush kuz fayzi” MCHJ tomonidan 50 million so‘m, Nargiza Salomova boshchiligidagi “Sitora imkon plyus” nodavlat taʼlim muassasi tomonidan 10 million  so‘m, Davlat Eshtuxtarov boshchiligidagi “Yakkabog‘ Sharobsavdo”  savdo korxonasi tomonidan 10 million so‘m, Mirmumin Yorov boshchiligidagi “Galen” xususiy savdo firmasidan 10 million so‘m, “AgrobankYakkabog‘ filiali jamoasi 21 million so‘m, “Qishloqqurilishbank” viloyat jamoasi  20 million so‘m,  “Agrotexservis” MCHJ jamoasi 2 million so‘m, Don qabul qilish korxonasi 8 million so‘m, “Moxidil kamolot lyuks” korxonasi   500 ming so‘m, “Qizilchorva mashʼali” korxonasi 100 ming so‘m,  tuman hokimligi 4.2 million so‘m hamda fuqaro Karimov Fayzulla 1,0 million so‘m mablag‘ tushirganlar.

Albatta, yakkabog‘lik saxovatqalb egalari bo‘lgan tadbirkorlarimiz tomonidan muborak Ramazon kunlarida qilinayotgan xayriya yordamlari hali davom etmoqda.

Xayriya qilgan tadbirkorlarimiz va mehnat jamoalariga tuman hokimligi xalqimizning fidoyi farzandlari sifatida barchalariga chuqur minnatdorchilik bildiradi.

Yakkabog‘ tuman hokimligi Axborot xizmati

29-04-2020 |
Foto galereya