Maʼlumki, deputatlar xalq va hukumat o‘rtasidagi ularni bog‘lab turuvchi ko‘prikdir. Deputatlar ham endilikda chin maʼnoda xalq vakillari ekanliklarini amalda namoyon etmoqdalar. Tashabbuskor, odamlar dardu tashvishi bilan yuradigan fidoyilar saʼy-harakati bilan ko‘plab muammolar hal etilmoqda.

Xalq deputatlari Qarshi tuman Kengashi deputati Feruza Ahmedova saylovchilari bilan tez-tez uchrashib turadi. Yuzma-yuz muloqotlar davomida yechimini kutayotgan bir qator muammolar borligi maʼlum bo‘ldi. Xususan,  Qarshi tumani Qoratepa MFYda yashovchi aholi bilan o‘tgan sayyor qabul davomida aholi ichki yo‘llar nosozligidan qiynalishganini aytishdi. O‘rganish davomida qishloqdagi Mustaqillik ko‘chasidan o‘tgan ikki kilometrlik yo‘l haqiqatdan taʼmirga muhtojligini, qishda loy, yozda chang ko‘chaning serqatnovligini ko‘rdi, har ulov o‘tganida havoga ko‘tarilayotgan chang aholi xonadonlariga borib urilishining guvohi bo‘ldi. Yo‘l chetida o‘ynab yurgan yosh bolalarning tuproq bilan qorishib qolganini ko‘rib, bu nosozlik odamlarning salomatligiga ziyon yetkazishini o‘ylab, darhol tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yubordi.

Bugun esa deputatning saʼy-harakati bilan Qarshi tumani, Qoratepa MFY kuchalarida ish qizg‘in. Yo‘lsozlar ertayu kech ishlashib, 2 kilometr masofadagi nosoz yo‘lni taʼmirlab, asfalt yotqizishmoqda.

-Necha yillardan buyon bizni qiynab kelgan nosoz yo‘l deputat aralashuvi bilan hal bo‘ldi,  - deydi Mustaqillik ko‘chasida yashovchi Raʼno Abrayeva. - Uyimiz yonidan o‘tgan bu ko‘chadan ko‘tarilgan chang-tuzon sababli mahallamizda o‘tkir nafas yo‘llari kasalliklari bilan og‘riydiganlar ko‘p.  

Hudud husniga husn qo‘shib, odamlarga qulaylik yaratayotganidan mamnun bo‘lgan deputat esa aholi dardini tinglashda davom etadi.

O‘zMTDP Qashqadaryo viloyat kengashi

05-06-2020 |
Foto galereya