Yoshlar oyligi doirasida Ichki ishlar vazirligining xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qо‘shinlariga qarashli 7256-sonli harbiy qism qо‘mondonligi va Qarshi harbiy prokuraturasi hamkorligida Qarshi shahridagi “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyida xayriya tadbiri о‘tkazildi.

Ayni vaqtda mazkur muassasada 4 yoshdan 18 yoshgacha bо‘lgan jami 290 nafar bola tarbiyalanmoqda. Tadbir davomida bolajonlar bilan samimiy muloqot tashkil etilib, ularning maqsadlari, qiziqishlari haqida dildan suhbatlashildi. Tarbiyalanuvchilar ijrosidagi vatanni, dо‘stlikni, tinchlikni madh etuvchi she’r va qо‘shiqlar, ajoyib raqslar barchada katta taassurot qoldirdi.

Bolajonlarga tashkilotchilar tomonidan kitoblar jamlanmasi va boshqa esdalik sovg‘alari topshirildi.

JAHONGIR

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

14-06-2019 |
Foto galereya