Viloyat hokimligi majlislar zalida “Mehr-saxovat” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘ldi.

Tantanali tadbirda so‘z olgan viloyat rahbari Zoyir Mirzayev global pandemiya hamda turli tabiiy ofat va favqulodda holatlarga qarshi kurashish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etayotgan, beg‘araz homiylik yordami hamda ezgu ishlari bilan barchaga o‘rnak bo‘layotgan 497 nafar vohaliklar mazkur ko‘krak nishoni bilan mukofotlanishi katta voqea ekanini taʼkidladi.

- Mana shunday murakkab va tahlikali vaziyatda olijanob Xalqimiz yana-da jipslashib, o‘zaro yordam, mehr-oqibat, hamjihatlik va ahillik kabi yuksak insoniy fazilatlar sohibi ekanini yana bir bor amalda namoyon etdi va bu birdamlik Prezidentimiz eʼtiborlaridan chetda qolmadi, - dedi Zoyir Mirzayev.

Viloyat hokimidan “Mehr-saxovat” ko‘krak nishonini qabul qilib olgan bir guruh taqdirlanganlar davlat tomonidan ko‘rsatilgan bu kabi eʼtibordan behad xursandligini bildirishdi.

Foto galereya