Viloyat hokimi о‘rinbosari Oybek Shagazatovning ma’lumot berishicha, 2019 yilda hududiy eksportyor korxonalar tomonidan 20,8 million dollar sanoat, 34071 tonna 53,3 million dollarlik  meva sabzavot eksporti amalga oshirilib, 2018 yilning mos davriga nisbatan eksport hajmi 3,2 barobarga kо‘paydi.

5,5 million dollarlik  8 turdagi yangi mahsulotlar eksporti yо‘lga qо‘yildi. Qolaversa, Bolgariya, Germaniya, Hindiston, Kipr, Koreya, Polsha, Ruminiya, Yaponiya kabi ilgari eksport amalga oshirilmagan 8 ta yangi davlatlarga 1,1 million dollarlik eksport amalga oshirilib, eksport geografiyasi 35 ta davlatni tashkil qildi.

2020 yilda viloyat eksport salohiyati 2019 yil eksportiga nisbatan 2,7 barobarga oshirilishi rejalashtirilgan. Belgilangan prognozning 55,7% sanoat mahsulotlari eksportini, 44,3% qishloq xо‘jaligi mahsulotlari eksportini, 0,3% oziq-ovqat sanoati mahsulotlari eksportini tashkil etadi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati.

08-01-2020 |
Foto galereya