Тез-тез бериладиган саволлар
Ha, bu uyning turar-joy mulkdorlaridan taʼmirlashga yigʻilgan mablagʻlardan beriladi. Agarda alohida koʻp kvartirali uy turar joy mulkdorlari Shirkat tarkibidan chiqqan taqdirda turar joy mulkdorlari tomonidan ushbu uyni mukammal taʼmirlash uchun toʻplagan maqsadli jamgʻarmasi hisobiga shakllanadigan pul mablagʻlari belgilangan tartibda yangi tuzilayotgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga berilishi kerak.
Viloyat hokimiga telegramda https://t.me/qvh_murojaat_bot orqali onlayn ravishda murojaat yuborishingiz mumkin. Shuningdek, viloyat hokimligining fuqaro murojaatlari bilan ishlash bo'limiga haftaning Dushanba - Juma kunlari soat 09:00 - 18:00 gacha kelib, arizalaringizni qoldirishingiz mumkin.
Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko'chasi, 1-uy.
Subsidiya olishga 18 yoshga to‘lgan fuqarolar murojaat qilishlari mumkin. Subsidiya daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ijtimoiy mezonlar asosida beriladi.
Hujjatga ko‘ra:
- qishloqlarda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 3 baravaridan (2 mln 466 ming so‘m) 6,9 baravarigacha (5 mln 671 ming 800 so‘mgacha);
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming so‘m) 8 baravarigacha (6 mln 576 ming so‘mgacha);
- Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming so‘m) 9,2 baravarigacha (7 mln 562 ming 400 so‘mgacha) bo‘lgan oilalar yuqori daromadga ega emas, deya eʼtirof etiladi.
- Fuqarolar ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborishlari mumkin.
- Murojaatchi my.gov.uz portalining "Mening arizalarim" bo‘limiga kelib tushgan ijobiy xabarnomadan so‘ng javobda ko‘rsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshmagan qiymatdagi uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish yuzasidan qurilish (pudrat)tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.
Mazkur xizmat bepul hisoblanadi.
- xususiylashtirilgan yer uchastkasiga yuridik va jismoniy shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shu jumladan undan garov predmeti sifatida foydalanish, yuridik shaxsning ustav kapitaliga (ustav fondiga) hissa sifatida kiritish, ijaraga berish;
- xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqining har qanday buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;
- xususiylashtirilgan yer uchastkasida mustaqil ravishda xo‘jalik yuritish;
- uy-joy, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy imoratlar va inshootlarni hamda boshqa imoratlar va inshootlarni qurish, ularni qayta qurish va buzishni amalga oshirish.
Elektron raqamli imzo kalitining paroli yo‘qolib qolgan taqdirda, uni tiklash uchun e-imzo.uz sayti orqali parolni tiklash mumkin. Bunda, murojaat qilinganidan so‘ng belgilangan telefon raqamiga elektron raqamli imzo kalitining paroli qayta yuboriladi.
Javob: Agar shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab bo‘lganidan keyin unga nisbatan ma’muriy jazo yoki intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilmagan bo‘lsa, jamoat birlashmasi, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi, jamoa yoki jazoni o‘tab chiqqan shaxsning o‘zi bergan iltimosnomasiga ko‘ra sud yuqorida keltirilgan muddatlarning kamida yarmi o‘tganidan keyin uning sudlanganligini olib tashlashi mumkin.
O‘n besh yil va undan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqqan shaxslar hamda o‘ta xavfli retsidivistlar, agar ular jazoni o‘tab chiqqanidan keyin o‘n besh yil mobaynida yangi jinoyat sodir etmasalar, sud ularning sudlanganligini olib tashlashi mumkin.
Qashqadaryo viloyati hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini qanday topsam bo'ladi?
Telegram: t.me/qvh_axboroti
Facebook: fb.com/qashqadaryovil.uz
Instagram: instagram.com/qashvilhokimligi
Youtube: www.youtube.com/c/qashvilhokimligi
X: https://twitter.com/Qashvilhokimli1
Namoyish etilayabdi 1-10 ta yozuv 10 tadan.