Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida mamlakatimizning barcha hududlari va Respublika olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejidan kelgan, 2008-2009-yillarda tug‘ilgan 287 nafar yosh charm qo‘lqop ustalari 15 vazn toifasida "Viloyat hokimi kubogi" musobaqasida o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazdi.

Yetti kun davom etgan bahslarning final bosqichiga viloyat hokimi Murotjon Azimov ham tashrif buyurib, O‘zbekiston boks federatsiyasi masʼullari bilan birgalikda janglarni kuzatib bordi. Yakunda barcha g‘olib va ishtirokchilarni tabriklab, kelgusi musobaqalarda zafarlar tiladi. Yakuniy natijalarga ko‘ra umumjamoa hisobida quyidagi natijalar qayd etildi:

Shundan so‘ng 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan sportchilarga viloyat hokimining qimmatbaho estalik sovg‘alari topshirilib, Boks federatsiyasi vakillariga ham Qashqadaryocha hurmat-ehtirom ko‘rsatildi. Shuningdek, viloyat rahbariga vohamizda boksni rivojlantirishga qo‘shib kelayotgan hissasi uchun O‘zbekiston boks federatsiyasining ramziy estalik sovg‘alari topshirildi.

17-10-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея