Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 50-sessiyasi o‘tkazildi. Senatorlar, deputatlar va masʼul rahbarlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan navbatdagi sessiya kun tartibidan vohamizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid qonun loyihalari joy oldi. Jumladan:

- Qashqadaryo viloyati sudlarining  2022-yil 6 oy davomida odil sudlov borasida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

- viloyatda 2022-yil “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosi to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-fevraldagi “2021-2022 yillarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 73-sonli qarori ijrosi va boshqa bir qator muhim masalalar to‘g‘risida masʼullarning axborotlari tinglanib, muzokaralar olib borildi va maʼqullash uchun ovozga qo‘yildi.

Shuningdek, muzokara jarayonlarida  “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari hamda Qarshi shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masalalar qizg‘in muhokamalarga boy bo‘lgan holda deputatlarni qiynab kelayotgan savollariga ham batafsil javob bo‘ldi.

23-08-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея