Qarshi shahrida mamlakat va viloyatimiz sanoatini rivojlantirish, kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish va sohadagi ijobiy islohotlarni kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlarga yetkazish maqsadida, joriy yilning 6-oktabr kuni “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi" ish boshladi.

O‘zaro iqtisodiy hamkorlik tadbirining ochilish qismida so‘zga chiqqan viloyat hokimi Murotjon Azimov yarmarkada 250 dan ziyod sanoat ishlab chiqarish korxonalari 1000 taga yaqin mahsulotlari bilan ishtirok etayotganini maʼlum qildi. Shuningdek, tadbirning tantanali ochilish marosimida “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev ham ishtirok etdi. 

Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlarga qulay imkoniyat yaratuvchi ushbu yarmarka 7-oktabrda ham o‘z ishini davom ettiradi.

07-10-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея