Qashqadaryoga kelgan Belorussiyaning Vitebsk viloyati delegatsiyasi aʼzolari Qarshi shahridagi bir nechta shu jumladan, “UzShoes” MCHJ shaklidagi “O‘zbekiston-Belarus” qo‘shma korxonasi va "Sulton tex group” ko‘p tarmoqli korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, davlatimiz rahbarining 2022-yil Qashqadaryoga tashrifi davomida shaxsan o‘zlari borgan “UzShoes” poyabzal ishlab chiqarish korxonasi belaruslik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 6 million dollar evaziga tashkil etilgan bo‘lib, Germaniya, Italiya va Avstriyadan uskuna hamda jihozlar keltirib o‘rnatilgan.

Shuningdek, 2017-yildan buyon paxta-to‘qimachilik klasteri sifatida o‘z biznesini amalga oshirib kelayotgan "Sulton tex group” ko‘p tarmoqli korxonasida ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar va u yerdagi jarayonlarni ko‘zdan kechirgan Belorussiya delegatsiyasi katta taasurotga ega bo‘lishdi.

Bundan tashqari, 168 o‘rinli maktab binosi, yotoqxona, fan va laboratoriya xonalari hamda sport zallarida eng zamonaviy sharoitlar yaratilgan voha markazidagi Prezident maktabi delegatsiyasi tomonidan yuqori baholanib, bu dargohdagi imkoniyatlar dunyo standartiga mosligi va o‘quvchilarning bilim darajasi alohida eʼtirof etildi.

11-10-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея