Davlat rahbarining yurtimiz yoshlarini har tomonlama mukammal bilimga ega bo‘lgan va komil inson etib tarbiyalashdagi islohotlari barcha hududlarda o‘zining amaliy ifodasini ko‘rsatmoqda. Ayni shu maqsadlar yo‘lida xizmat qiluvchi, Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Prezident taʼlim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova, viloyat hokimi Murotjon Azimov, shahar hokimi Normo‘min Xolboyev va boshqa tegishli mutasaddilar, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari hamda ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Sobiq Qarshi transport kolleji binosi yangi tashkil etilgan maktab-internati uchun ajratilib, qayta rekonstruksiya qilindi va zamonaviy jihozlar bilan taʼminlandi. Mavjud sport zali, 120 o‘rinli yotoqxona binolari yangidan taʼmirlandi. Shuningdek, 250 o‘rinli shinam oshxona binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimidan so‘ng tadbir ishtirokchilari maktab-internatidagi taʼlim jarayoni va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

21-10-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея