Boshqirdiston Respublikasi, Ufa shahridagi “Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi”da bo‘lgan delegatsiya markazdagi shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Maʼlumki, Rossiya Federatsiyasi hududida ishlashda talab etiladigan patentni rasmiylashtirish mehnat migrantlaridan ortiqcha vaqt va xarajat talab etadi va mazkur markaz Boshqirdistonda ishlash istagidagi fuqarolarimiz uchun qator qulayliklar yaratmoqda. Endilikda patent uchun talab etiladigan hujjatlarning aksariyat qismi markazda amalga oshiriladi.

Xususan, fuqarolarni tanlash, kasbiy malakasini baholash, ish beruvchilar bilan suhbatlar o‘tkazilishini tashkil etish, ushbu davlatga kirish va mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq taqiqlarni tekshirish, mehnat migrantlariga ishga joylashish, ishlash uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish va salomatligini ko‘rikdan o‘tkazish kabi xizmatlar amalga oshiriladi. Yaʼni, barcha ishlar shu markazda bajarilib, qonuniy hujjat asosida O‘zbekiston fuqarolari ishlay boshlashadi.

Markazga tashrif davomida ishlash uchun borgan fuqarolarimiz bilan muloqotlar tashkil etildi, ulardan markazdagi sharoitlar va xodimlarning munosabatlari o‘rganildi.

22-09-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея