Xususan, vakillarimiz Rossiyaning bu viloyatida bo‘ladigan o‘rganish va uchrashuvlar oldidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi xodimi Otabek Abdulg‘oziyev bilan uchrashib, muloqotda tomonlar migratsiya masalalari va safar davomidagi uchrashuv hamda tadbirlar rejasi yuzasidan suhbat olib borishdi.

Shundan so‘ng, delegatsiya aʼzolari Nijniy Novgorod viloyatidagi mehnat jamoalarida bo‘lib, vatandoshlarimizga madaniy dasturlar tashkil etdi va o‘zbekona osh damladi. Tadbirlar davomida ularning mummolari tinglanib, safarning chora-tadbirlar rejasiga kiritildi. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili va Federatsiyaning mazkur viloyati masʼullari ishtirokida ularning yashash hamda ishlash sharoitlari o‘rganildi.

Shuningdek, viloyatimiz delegatsiyasi Nijegorod viloyati Hukumati huzuridagi Korporativ universitetida “Viloyat kadrlar agentlig”ning notijorat avtonom tashkiloti ijrochi direktori, Tashqi aloqalar departamenti direktor o‘rinbosari va OTMlar prorektorlari hamda professor o‘qituvchilar bilan rasmiy uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida delegatsiya vakillariga Nijegorod viloyatining oliy taʼlim muassasalari kadrlar tayyorlash borasidagi tajribasi, tibbiyot, tilshunoslik, aniq fanlar, axborot texnologiyalari va muxandis-texnik mutaxassislarini tayyorlash salohiyati taqdimoti o‘tkazildi.

Bundan tashqari, malaka oshirish, ikkinchi mutaxassislikga o‘qitish, magistratura, aspirantura va doktarantura bosqichlari talaba hamda ilmiy-pedagogik kardalarni tayyorlash dastrulari taqdim etildi.

Oliy taʼlim muassasalari vakillari bugungi kunda O‘zbekiston talabalari uchun yaratilgan sharoitlar, yurtimiz oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha imzolangan memorandum va kelishuvlar asosida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar muhokama etildi. Ayniqsa, Qarshi davlat universiteti bilan o‘rnatilgan aloqalarni Nijegorod viloyati OTM prorektorlari alohida eʼtirof etdi.

Oliy taʼlim muassasalari vakillari tomonidan Qashqadaryo viloyatida talab etilayotgan mutaxassisliklar bo‘yicha yosh kadrlarni tayyorlash takliflari berildi.

27-09-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея