Viloyatimizda davlatimiz mustaqilligining 31 yilligi bayrami arafasida o‘nlab korxonalar, yuzlab ijtimoiy ob’yektlar foydalanishga topshirilmoqda. 
 
Jumladan, ishga tushirilayotgan mazkur “Qamashi tekstil” MCHJ korxonasining tikuv trikotaj ishlab chiqarishga ixtisoslashgan loyihasida 10 dan ortiq turdagi tayyor tikuv trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 24 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Korxonada yiliga 3 mln. dona tayyor tikuv trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi.
 
Korxonada 300 ta doimiy yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ulardan 60 nafari ayollar daftariga kiritilgan xotin qizlardan iborat. Korxona tomonidan  yiliga o‘rtacha 65 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi va bu ko‘rsatkich tumanning jami sanoat ishlab chiqarish hajmi 15 foizga ortadi.
 
Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirok etdi.
31-08-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея