Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan Qashqadaryo viloyati ishchi guruhi aʼzolari tashrif doirasida navbatdagi, yaʼni Nijegorod viloyati o‘zbek diasporasi faollari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy islohotlar, xususan, mehnat migratsiyasini tartibga solish hamda mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida maʼlumot berilib, hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, vohamiz delegatsiyasi shu kunning o‘zida Nijegorod Savdo-sanoat palatasi rahbari Ivan Razuvayev va uning o‘rinbosarlari bilan o‘zaro ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish yuzasidan muloqot o‘tkazdi.

Xususan, savdo-iqtisodiy, tadbirkorlik, turizm va migratsiya sohalarida birgalikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Hamkorlikda ikki tomon tadbirkorlari ko‘rgazmalarini ham tashkil etish maqsadga muvofiq ekani taʼkidlandi.

28-09-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея