“Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” degan shior ostida maktab taʼlimini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylandi. Bu borada shaxsan Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan yangi Ko‘kdala tumanida ham amaliy ishlar talaygina.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi homiyligida tumanda 180 o‘rinli zamonaviy maktab binosi barpo etildi. Shuningdek, mavjud 180 o‘rinli o‘quv binolari qo‘mitaning maxsus jamg‘armasi hisobidan qaytadan to‘liq taʼmirlanib, yangi o‘quv jihozlari bilan to‘ldirildi.

Tantanali ochilish marosimida Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov va viloyat hokimi Murotjon Azimovlar ishtirok etdi.

05-10-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея