Kitob tumanining Samarqand viloyati bilan chegaradosh tog‘li Qaynar qishlog‘ida turkiyalik investorlar ishtirokida 1.5 km.lik dor yo‘li quriladi. Shuningdek, hududda turistik manzilgohlar soni ham ortadi. Jumladan, zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlari (mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar)ni, turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlarni taʼminlagan holda maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratiladi.



- Hudud ob-havosi va tabiati yo‘lovchilarni doim xushnud etib kelgan, - dedi viloyat hokimi. - Ammo, biz Prezidetimiz yaratib bergan imkoniyatdan foydalanib, tabiat go‘zalligini asrab qolgan holda bu manzilgohni turizm manzilgohiga aylantirsak, aholimiz va mehmonlar uchun ham katta ish qilgan bo‘lamiz. Chunki, buning natijasida birgina Qaynar qishlog‘ida 1500 ta qo‘shimcha ish o‘rni yaratiladi.

04-10-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея