“Yuksalish” umummilliy harakati viloyat bo‘linmasi tomonidan deputatlar va jamoatchilik ishtirokida investitsiyalardan samarali foydalanish va Yevropa davlatlariga GSP+ tizimi doirasida mahsulotlar eksportini kengaytirish borasida jamoatchilik eshituvi tashkil etildi.
 
Eshituvda, 2022-yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” hududiy dasturining 20-, 23-bandlari ijrosi yuzasidan viloyat hokimligi hamda investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi mutasaddilarining axboroti eshitildi. Muhokamalar natijasida, viloyatning investitsion jozibadorligini yanada oshirish, eksport tarkibida qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ulushini ko‘paytirish, korxonalarga qulay shart-sharoitlar yaratishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
 
Eshituvda mas’ullarning ma’lum qilishicha, hisobot davrida umumiy qiymati 832,4 mlrd. so‘mlik 254 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, amalda qiymati 1,4 trln. so‘mlik 460 ta loyihalar ishga tushirilgan va 3629 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
10-09-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея