“O‘zsuvtaʼminot” AJ va Fransiyaning «Eiffage Génie Civil» kompaniyasi «Yakkabog‘-Qarshi magistral ichimlik suv quvurini qurish va mavjud suv taqsimlash inshootlarini rekonstruksiya qilish» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Mazkur loyiha uchun Fransiya Moliya vazirligi 40 yil muddatga 15 yillik imtiyozli davr bilan 123,2 mln yevro kredit ajratadi. 

«Eiffage Génie Civil» kompaniyasi tomonidan loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi ishlab chiqilib, Yakkabog‘-Qarshi yo‘nalishidagi 82 km magistral suv quvuri, 4 ta 10 ming metr kub hajmli suv saqlash inshootlarini qurish ishlari amalga oshiriladi.

25-10-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея