Viloyat hokimi o‘zining finlyandiyalik maslahatchisini qabul qilib, Prezidentimiz topshiriqlari bo‘yicha viloyatda xalq ta’limi tizimini rivojlantirish masalalari yuzasidan taqdimotini ta’lim mas’ullari ishtirokida kuzatdi.

Prezidentimiz rahbarliklarida 2022-yil 28-yanvar va 5-aprel kunlari o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga asosan, Qashqadaryo viloyat hokimligi tomonidan, Toshkent shahridagi Xalqaro Nordik universiteti bilan hamkorlikda, xalq ta’limi tizimini takomillashtirish va o‘qituvchilarining malakasini oshirish maqsadida Finlyandiyadan mutaxassis jalb qilindi.

Mazkur mutaxassis Finlyandiyaning Amaliy fanlar bo‘yicha Savoniya universiteti professori (tadqiqot, rivojlanish va innovatsiyalar bo‘yicha ekspert) Petri Lunaskopri bo‘lib, u 20 dan ortiq davlatlarda K12 Oliy ta’lim bo‘llimining o‘qitish xizmatlarida trener sifatida tajribaga ega.

Mazkur mutaxassis bo‘yicha qisqacha ma’lumot bersak, u pedagogika fanlari doktori va pedagogika yo‘nalishida xalqaro darajadagi mutaxassis hisoblanadi (Finlyandiyadan tashqari Niderlandiya, Angliya, Portugaliya va Vengriya davlatlarida ishlagan).

O‘z navbatida, Finlyandiya ta’limi rivojlanishiga turtki bo‘lgan 1994-yildan boshlab joriy qilingan Ta’limni isloh qilish konsepsiyasi muallifi hamdir.

Mutaxassis O‘zbekistondagi xalq ta’limi tizimi bo‘yicha ham muayyan tajribaga va ma’lumotlarga ega.

Jumladan, mutaxassis joriy yil 15-19-may kunlari “Ta’limdagi o‘qitish metodikalari bo‘yicha Finlyandiya tajribasi” mavzusida respublikamizda treninglar o‘tkazgan.

Mutaxassisni 1 yil muddatga xalq ta’limi tizimiga jalb qilish va uning mahoratidan quyidagi yo‘nalishlarda foydalanish rejalashtirilmoqda:

- Qashqadaryo viloyatida xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha 3 yillik mahalliy dasturini ishlab chiqish;

- tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlaridagi 2 nafardan metodistlarni finlyandiya ta’limi tajribasi bo‘yicha tayyorlash;

- viloyat Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish va boshqalar.

Xorijiy mutaxassisning viloyatdagi faoliyati davomida:

Milliy baholash reytingida past natija ko‘rsatgan maktablarimizda treninglar va o‘qituvchilar dars berishini kuzatish tadbirlari tashkil qilinadi;

maktablarda ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning dars o‘tish metodikasi tahlil qilinadi;

xalq ta’limi tizimidagi fan metodistlarining faoliyati tahlil qilinib, finlyandiya tajribasi asosida ularni salohiyatini oshiriladi;

maktablarda o‘qituvchilarni o‘z ustida ishlashni yanada rag‘batlantiradigan tizim yaratiladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan xalq ta’limi yo‘nalishida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda aynan Finlyandiya misol qilib ko‘rsatilgan.

Ushbu mamlakat ta’lim sifatini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tadqiqotlardagi o‘z muvaffaqiyatlari bilan ajralib turadi. Fin o‘quvchilari ta’lim sifatini baholash bo‘yicha tadqiqotidagi barcha yo‘nalishlarda savodxonlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishib kelmoqda.

O‘z navbatida, finlyandiyalik mutaxassisning viloyatimizda pedagogika yo‘nalishida ta’lim berilayotgan oliygohlar talabalari bilan ham ochiq muloqotlarini tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tez orada fin mutaxassisi salohiyati bilan umumta’lim tizimidagi o‘qituvchilarni ko‘pchilik qismini qamrab olish va o‘ziga xos muloqot maydonini yaratish maqsadida, telegram bot ham ishga tushiriladi.

Viloyatimiz o‘qituvchilari xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha bevosita g‘oyalar, takliflar va murojaatlar (ingliz tilida) yo‘llashlari ham mumkin.

04-09-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея