O‘zbekiston Dzyudo federatsiyasi va Xalq ta’limi vazirligi o‘rtasidagi memorandumga asosan Qarshi shahridagi 11-sonli umumta’lim maktabi hududida loyiha qiymati 3 mlrd. so‘m bo‘lgan zamonaviy sport inshooti barpo etilib, jahon standartlariga mos sport inventarlari bilan jihozlandi.
 
 
Endilikda bu yerda bir vaqtning o‘zida 50 nafar, bir oyda 600 nafar maktab yoshidagi yoshlar sportning dzyudo, taekvondo, badiiy gimnastika turlari bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
 
 
Majmuaning tantanali ochilish marosimida Sportni rivojlantirish va Xalq ta’limi vazirliklari, dzyudo federatsiyasi, viloyat hokimligi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari, keng jamoatchilik, sportchilar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
08-06-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея