Korrupsiya jamiyat hamda davlat xafsizligiga tahdid soluvchi eng xavfli illat hisoblanadi. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlarni amalga oshirish bu davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bu sohada aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish davlatning asosiy ustuvor vazifasidir.

Korrupsiya bu mamlakatda iqtisodiyotni yanada o‘stirishga, xalq farovonligini oshirishga, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilashda to‘siq bo‘luvchi omillardan biridir.

Shu sababli barcha davlatlar kabi bizda ham korrupsiyaga qarshi kurashish davlat va jamiyat nazoratiga olingan. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003-yil 31-oktabr) qo‘shilishi, O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonuni, «Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi, «Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror va farmonlarida o‘z tasdig‘ini topgan.

Ushbu meʼyoriy hujjatlar mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi vazifalar uchun dastur bo‘lib xizmat qilmoqda.

Davlat organlari xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar to‘g‘risida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga maʼlum bo‘lib qolgan har qanday faktlari haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shartligi, ushbu majburiyatning davlat organlarining xodimlari tomonidan bajarilmaganligi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat davlat organlari balki har bir korxona, muassasa, tashkilot, yuridik shaxslar va fuqarolarning ham asosiy kundalik vazifasiga aylanishi lozim. Bu illatga befarqligi ushbu illatning ko‘payishiga xizmat qilsa, unga murosasizlik bilan kurashish esa uning kamayishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan qator isloxotlar davlat va jamiyatni, davlat boshqaruvi va xo‘jalik organlarini mazkur illatdan holi bo‘lishi uchun kurashayotganligidan dalolatdir. Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamoatchilikni jalb qilish, korrupsiyaning salbiy oqibatlarini ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilik eʼtiboriga yetkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

 

Viloyat hokimligi korrupsiyaga
qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i
R.Ravshanov

19-10-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея