Viloyatimizga Belorussiyaning Vitebsk viloyati delegatsiyasi tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlarni Qarshi temir yo‘l vokzalida viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi mezbonlar tantanali ravishda kutib oldi.

Tashrifning birinchi kunida Vitebsk viloyati ijroya qo‘mitasi raisi (hokimi) A.M.Subbotin boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ishtirokida rasmiy uchrashuv o‘tkazilib, muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng bir qator sohalar bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzolandi.

- Mamlakatingiz, ayniqsa, Vitebsk viloyatining savdo-iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi va ko‘plab sohalarda ilg‘orligi, mahsulotlaringizni aholimizga maʼqulligi sabab ham doimiy import-eksportda hamkorligimiz mustahkam, - dedi viloyat hokimi Murotjon Azimov. - Bu borada Davlatimiz rahbari ham yurtingizga tashrifida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning yuqori baholagan edilar.

11-10-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея