O‘zbekiston Coca Cola kubogining hal qiluvchi final o‘yini Buxoro viloyatining “Buxoro” stadionida Qashqadaryoning “Nasaf” va Namanganning “Navbahor” jamoalari o‘rtasida shiddatli va har ikkala jamoa muxlislarining qo‘llab-quvvatlovi ostida bo‘lib o‘tdi.

Asosiy vaqtda bittadan to‘p kiritgan jamoalar, g‘olib ekstra-taymda aniqlandi. Aniqrog‘i “Nasaf”ning braziliyalik legioner futbolchisi Mateus Limaning 101-daqiqada kiritgol goli Qarshi jamoasiga ketma-ket ikkinchi yil O‘zbekiston Coca Cola kubogini taqdim etdi va “Nasaf” kelasi mavsum OCHLda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, sovrinlarni qo‘lga kiritish bo‘yicha o‘z tarixida 3 bor mamlakat kubogini qo‘lga kiritib, musobaqadagi g‘alabalar soni bo‘yicha Farg‘onaning “Neftchi” klubini ortda qoldirdi hamda “Navbahor”ga yetib oldi.

O‘yindan so‘ng chempionlarni yarim tun bo‘lishiga qaramasdan viloyat hokimi boshchiligidagi rahbarlar, keng jamoatchilik va ko‘p sonli muxlislar tantanali kutib olishdi hamda erishilgan g‘alaba bilan samimiy qutladi.

31-10-2022 |

Янгиликлар









Фото галерея