Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Gʻuzor tumanida bo‘lib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan investision loyihalar bilan tanishdi. Tashrif davomida tadbirkorlar uchun qulay bo‘lgan "loyihalar fabrikasi" taqdimoti viloyat hokimi tomonidan alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, viloyat hokimi "Har bir yoshga — bir gektar" loyihasi doirasida yer olib, bugungi kunda hosilini ichki bozorga sotayotgan g‘uzorlik yoshlarni mehnat mahsuli bilan tanishdi. Shu bilan birga, "Yoshlar daftari"da bo‘lgan 15 nafar ishsiz yoshlarga parrandachilik bilan shug‘ullanishlari uchun mini-inkubator sovg‘a qilindi.

Tashrifning ikkinchi kunida Zoyir Mirzayev tumandagi "Pachkamar" MFYda "Obod qishloq" dasturi doirasida qishloqlarda amalga oshirilayotgan ishlardagi kamchiliklar yuzasidan tanqidiy ruhda yig‘ilish o‘tkazib, mahalla faollari, jamoatchilik vakillari va keksa nuroniylari bilan ham uchrashdi.

Barcha tumanlarda bo‘lgani kabi, Gʻuzorda ham "Salomatlik yo‘lagi" va "Work out" maydonchasi qurilish ishlari e’tibordan chetda qolmadi.

—Mahallada olib borilayotgan elektr energiya, gaz ta’minoti, ichimlik suvi va aholini sifatli aloqa bilan ta’minlash va boshqa qurilish jarayonlarini keng jamoatchilik vakillari orqali nazorat qilish lozim. —deydi Zoyir Mirzayev.

O‘z o‘rnida jamoatchilik nazoratiga qo‘yilgan oqsaqollarga velosipedlar ham sovg‘a qilindi.

16-07-2021 |

Янгиликлар









Фото галерея