Turizm va madaniy meros vazirligi "Milliy PR markazi" bilan hamkorlikda joriy yilning 30-noyabr – 2-dekabr kunlari 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi o‘tkaziladi.

Unda, konferensiyalar, B2B uchrashuvlari, davra suhbatlari, turizm xizmatlari va hunarmandchilik ko‘rgazmalari, hududlar turizm salohiyati taqdimotlari, gastronomik va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi.

Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi – “Ipak yo‘lidagi turizm” (TITF) O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi turizm sanoatidagi eng yorqin va yirik tadbirdir.

Yarmarka 1995-yildan buyon BMT Jahon turizm tashkilotining rasmiy ko‘magida o‘tkazib kelinadi va har yili butun dunyodan turizm biznesi mutaxassislari tashrif buyuradi.

Dastur: http://titf.uz/uz/umumiy-malumotlar/dastur/ 

Yarmarkada qatnashuvchilar uchun: http://titf.uz/uz/umumiy-malumotlar/ishtirok/

Tashrif buyuruvchilar uchun: https://titf.uz/registratsiya-kak-gost/

Foto galereya