Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish ofisi” MCHJ  Dehqonobod tumanida pista va kavrak plantatsiyalarini tashkil etish uchun yer maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berish yuzasidan “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali tanlov e’lon qilinganligini ma’lum qiladi.
 
Tanlovda pista va kavrak plantatsiyalari yaratish istagida bo‘lgan barcha jismoniy va yuridik shaxslar (investorlar) ishtirok etishlari mumkin.
 
Tanlov g‘oliblariga suv tarmoqlarini qurish va pista ko‘chatlarini sotib olish uchun kredit va subsidiya mablag‘lari ajratiladi.
 
Tanlov ma’lumotlari:
 
Jami yer maydoni – 827,43 gektar;
Lotlar maydoni – 10 gektardan 21 gektargacha;
Lotlar soni – 64 ta;
Ijara muddati – 45 yil;
Ariza qabul qilinishi oxirgi muddati - 18.04.2022, soat 09:00;
Tanlov o‘tkazilish vaqti - 18.04.2022, soat 10:00.
“Tadbirkorlikni rivojlantirish ofisi” MCHJ barcha qiziquvchi jismoniy va yuridik shaxslarni tanlovda faol ishtirok etishga taklif etadi.  
 
Arizalar  “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali elektron tarzda qabul qilinadi.
 
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Dehqonobod tumani Davlat soliq inspeksiyasi binosining 7-xonasiga yoki +99893 421-88-81 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Foto galereya