O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida 30-iyul - 30-avgust kunlari Respublikamiz bo‘ylab "Obodonlashtirish oyligi" o‘tkaziladi.

Oylik doirasida mahallalar, ko‘chalar, ko‘p qavatli bino va hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlar obodonlashtiriladi.

Shuningdek, muhandiqlik va kommunikatsiya tarmoqlarida taʼmirlash va tozalash ishlari amalga oshiriladi.

Foto galereya