O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 428-sonli qaroriga asosan Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashi tomonidan 2024-yil 16-fevraldagi “Tashqi reklama obyektlariga tashqi reklamani joylashtirish yig‘imlari miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi V1-69-17-4-0-K/24-sonli qarori tasdiqlangan.

Yuqoridagi qarorlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida ishchi guruh tashkil etilib, viloyatda mavjud barcha turdagi tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalar) to‘liq xatlovdan o‘tkazilmoqda. Xatlov va o‘rganish ishlari davomida noqonuniy va qonun talablariga mos kelmaydigan barcha reklama obyektlari qonuniy tartibda demontaj qilinadi (buzib olinadi).

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 47-moddasiga asosan tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik – bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi tashqi reklamani muvofiqlashtirish bo‘limi.

Foto galereya