Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot-tahlil guruhi yetakchi mutaxassisi –axborot xizmati rahbari

 Mamatkulov Bekzod Sherozovich

 

QASHQADARYO VILOYAT HOKIMLIGI AXBOROT (matbuot) XIZMATI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDAGI

NIZOM

 

1. Umumiy qoidalar

1.1. Axborot (matbuot) xizmati (keyingi o‘rinlarda Xizmat deb ataladi) ijroiya hokimiyati (bundan keyin - hokimiyat) organi apparatining tuzilmaviy bo‘linmasi hisoblanib, bevosita Qashqadaryo viloyat hokimiga  bo‘ysunadi.

1.2. Xizmatning faoliyati joylarda hokimlikning axborot ochiqligini, fuqarolar va tashkilotlarning o‘z faoliyatlari haqida  axborot olish huquqlarini ta’minlashga chaqirilgan.

1.3. Xizmat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

1.4. Xizmat o‘z vazifalarini hal qilish uchun davlat boshqaruvi yuqori organi, viloyat hokimlikning hududiy va tuzilmaviy bo‘linmalari hamda respublikaning boshqa vazirlik va idoralari tegishli xizmatlari bilan birgalikda harakat qiladi.

 

2. Xizmatning asosiy vazifalari

Xizmatning asosiy vazifalari quyidagilar  hisoblanadi:

2.1. Hokimlik rahbariyati tomonidan belgilab berladigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

2.2. Hokimlik faoliyatining axborot ta’minoti.

2.3. Milliy ommaviy axborot vositalarida hokimlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy  hujjatlarning chop etilishini ta’minlash.

2.4. Milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida hokimlik faoliyatining dolzarb jihatlarini, tegishli sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yoritish.

2.5. Internet tarmog‘ida hokimlik veb-resurslarini tashkil etish va ularning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash.

2.6. Ommaviy axborot vositalari monitoringini o‘tkazish, o‘zgartirish tendensiyalar tahlili, shuningdek, jamoatchilik fikri ta’sirini hamda mahalliy, respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalarining hokimlik faoliyatiga munosabatini baholash;

2.7. Ommaviy axborot vositalari orqali hokimlik faoliyati  haqida  jamoatchilikning ijobiy fikrini shakllantirish, mintaqalarda ijtimoiy -iqtisodiy va siyosiy islohotlar jarayonini xolis yoritish.

 

3. Xizmatning funksiyalari

Xizmat o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq, quyidagi funksiyalarni badjaradi:

3.1. Hokimlik faoliyati to‘g‘risida  jamoatchilikni xabardor etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, rejalashtirish va amalga oshirish.

3.2. Ommaviy axborot vositalari uchun xabarlarni taayyorlash va taraqtish (press-relizlar, byulletenlar, sharhlar va h.k)

3.3. Milliy va xorijiy nashrlarda hokimlik faoliyati, tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirish borasida bosma materiallar tayyorlash va chop etish, teleko‘rsatuv va radio eshittirish chiqarish.

3.4. Jurnalistlarning doimiy va bir martalik akkreditatsiyasini amalga oshirish.

3.5. Hokimlik vakillarining ommaviy axborot vositalarida chiqishlari jadvalini tuzish.

3.6. Hokimlik rahbariyati va xodimlarining matbuot konferensiyalari, brifinglar, intervyu va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan boshqa uchrashuvlarini tashkil etish va qatnashish.

3.7..Hokimlik faoliyatini mumkin qadar to‘liq va xolis yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar bilan birgalikda hamkorligini muvofiqlashtirish .

3.8. Hokimlik faoliyati masalalari borasida jamoatchilik fikri hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining nuqtai nazarini o‘rganish yuzasidan tahliliy ish olib borish, hokimga hisobot berish uchun dolzarb maqolalar sharhlarini tayyorlash.

3.9. Ommaviy axborot vositalarida hokimlik faoliyatiga doir haqiqatga  mos kelmaydigan  va (yoki) yuridik jihatdan asossiz hisoblangan axborotni e’lon qilishga tezkor munosabat bildirish, mazkur maqolalarga rasmiy javoblar loyihalarini tayyorlash.

3.10. Hokimlikning boshqa bo‘linmalari bilan hamkorlikda xizmat oldida turgan vazifalarni samarali hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni yig‘ish va uni ishlash.

3.11. Ommaviy axborot vositalari va aholi bilan axborot-ma’lumot ishlari olib borish uchun viloyat hokimligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistika va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan  ma’lumotlar bankini tashkil etish.

3.12. Internet tarmog‘ida rasmiy veb-sayti (www.qashqadaryo.uz)ni tashkil etish va uni hokimlik faoliyati to‘g‘risidagi materiallar bilan to‘ldirish.

3.13. Hokimlik faoliyati haqida matnlar, foto va videomateriallar  arxivini shakllantirish va saqlab borish;

3.14. Hokimlik rahbariyati uchun xizmat vakolati doirasiga kiradigan masalalar borasida tahliliy va axborot-ma’lumot materiallarini tayyorlash, axborot xizmati xodimlari malakasini oshirish haqida takliflar tayyorlash.

3.15. Xizmat o‘z vakolati doirasida milliy va xorijiy agentliklar va ommaviy axborot vositalarining hokimlik faoliyatiga doir materiallar tayyorlash, foto, audio va videos’yomkalar o‘tkazishda ko‘mak ko‘rsatish haqidagi ariza hamda so‘rovlarini ko‘rib chiqadi.

                                             

4. Xizmatning huquqlari

Xizmat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

4.1. Viloyat hokimligining boshqa bo‘linmalari, quyi tashkilotlaridan o‘z vazifa va funksiyalarini bajarish uchun axborotni belgilangan tartibda so‘rab olish;

4.2. Hokimlikning yig‘ilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish;

4.3. Qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun rahbariyat bilan kelishgan holda hokimlikning boshqa bo‘linmalari xodimlarini jalb etish, shuningdek, boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va malakali ekspertlarini, shu jumladan, shartnoma asosida jalb etish;

4.4. Belgilangan tartibda boshqa idoralarning axborot xizmatlari bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish;

4.5. Rahbariyatning topshirig‘iga ko‘ra davlat organlarida respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarda Xizmat vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha  hokimlik nomidan vakillik qilish;

4.6. O‘z vakolatlari doirasida bosma va elektron  nashrlarni nashr etish;

4.7. Rahbariyat ko‘rib chiqishi uchun hokimlikning axborot siyosatini takomillashtirish yuzasidan takliflar va xizmat faoliyati masalalariga doir me’yoriy hujjatlar loyihalarini kiritish.

4.8. Belgilangan tartibda davlat aloqa tizimlari, kommunikatsiyalari va axborot resurslaridan foydalanish, jumladan, hokimiyatning boshqa bo‘linmalari axborot resurslaridan ustuvor tartibda foydalanish.

 

5. Xizmat faoliyatini tashkil etish

5.1. Xizmat xodimlari soni u amalga oshiradigan vazifalarning murakkabligi va hajmiga ko‘ra viloyat hokimi tomonidan, xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida belgilanadi.

5.2. Xizmat faoliyati hokim tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida tashkil etiladi.

5.3. Xizmatga viloyat hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rahbar boshchilik qiladi. Xizmat rahbari bevosita hokimga bo‘ysunadi va ayni vaqtda uning matbuot kotibi hisoblanadi.

 

Xizmat rahbari:

5.4. Xizmat faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda Xizmatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

5.5. Xizmat faoliyatini tashkil etadi, rejalashtiradi va nazorat qiladi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organining boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;

5.6.Xizmatda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni ta’minlaydi, xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;

5.7. Xizmat xodimlarining malakasini va kasbiy saviyasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

5.8. Xizmat xodimlari Xizmat rahbarining taqdimnomasiga ko‘ra belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

5.9. Xizmat faoliyatini axborot, huquqiy, moddiy-texnik va transport bilan ta’minlash, shuningdek, uning xodimlariga ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish hokimlikning tarkibiy bo‘linmalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

6. Javobgarlik

Xizmat rahbari va boshqa xodimlari qonunchilikka muvofiq, quyidagilar uchun  shaxsan javobgardir:

6.1. Mazkur Nizomga muvofiq taqdim etilgan vakolatlarni hisobga olgan holda, xizmatga yuklatilgan vazifalarni bajarish, shuningdek, zarur hollarda mazkur vakolatlardan foydalanmaslik.

6.2. Ommaviy axborot vositalariga taqdim etiladigan rasmiy materiallarning ishonchliligi.

6.3. Ommaviy axborot vositalari uchun  tayyorlanadigan materiallarni uzatishning tezkorlligi.

  • Telefon: (75) 221-12-88, (75) 221-03-81

  • Pochta indeksi: 180100

  • Faks: (375)221-13-40

  • Elektron pochta: info@qashqadaryo.uz

  • Manzil: Qashqadaryo viloyati,
    Qarshi shahri, Mustaqillik maydoni,1

  • Yaqin jamoat transport to`xtash joylari Milliy bank va Mustaqillik maydoni bekati avtomashrut: 1, 4, 5, 7, 10, 18, 20, 22, 23, 27, 37, 44, 462, 11, 21, 37, 33