Qashqadaryo viloyati hokimining qarori bilan, yoshlar o‘rtasida Amir Temur merosini keng o‘rganishga bag‘ishlangan “Kuch-adolatdadir” shiori ostida “Biz – Buyuk Sohibqiron izdoshlarimiz!” ko‘rik-tanlovi eʼlon qilindi.

Tanlovda viloyatdagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan yuqori sinf o‘quvchilari, professional taʼlim muassasalari o‘quvchilari va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘z xohishiga ko‘ra ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov quyidagi 3 ta yo‘nalishda mahalla, tuman (shahar) va viloyat bosqichlari tashkil etiladi:

- Amir Temur tarixi bilimdoni;
- Biz alplar avlodlarimiz;
- Ijodimda Amir Temur davri tasviri.

Ko‘rik-tanlov nizomi: https://telegra.ph/Biz--Buyuk-Sohibqiron-izdoshlarimiz-ko%CA%BBrik-tanlovi-Nizomi-01-25

Foto galereya