Viloyat hokimi Murotjon Azimov musiqa va sanʼat yoʻnalishida ijod qilayotgan o'quvchi yoshlar oʻrtasida viloyat hokimining “Isteʼdodli yoshlar” koʻrik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini imzoladi.

Mazkur tanlovda musiqa va sanʼat yoʻnalishida mahoratli umumiy oʻrta taʼlim maktabining iqtidorli oʻquvchilari, “Barkamol avlod” maktablarining toʻgarak aʼzolari va bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamda ixtisoslashtirilgan madaniyat va sanʼat maktabi oʻquvchilari ishtirok etadilar.

Koʻrik-tanlovning asosiy vazifasi viloyatda musiqa va sanʼat yoʻnalishida ijod qilayotgan ijodkor yoshlarning ijodiy salohiyati va bilim koʻnikmalarini aniqlash hamda ijodiy maydon yaratgan holda doimiy qoʻllab-quvvatlab borish tizimini tashkil etishdan iborat.

Batafsil: https://telegra.ph/Musiqa-va-san%CA%BCat-yo%CA%BBnalishida-ijodkor-yoshlar-o%CA%BBrtasida-viloyat-hokimining-Iste%CA%BCdodli-yoshlar-ko%CA%BBrik-tanloviga-start-berildi-02-21

Foto galereya