O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi “Qashqadaryo viloyatining tog‘li-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat ko‘rsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-376-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Shahrisabz tumani hududidagi umumiy maydoni 240 gektar bo‘lgan yer uchastkasida “Miraki” turistik markazini hamda Qamashi tumani hududidagi umumiy maydoni 58,6 gektar bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasida “Maydanak baland tog‘” turistik markazlari master-rejalari ishlab chiqilgan.

Shunga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “Miraki” hamda Qamashi tumani “Maydanak baland tog‘” turistik markazlari master-rejasini mahalliy shaharsozlik qoidalari va normalariga moslashtirish, jumladan batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish uchun texnik shartlar ishlab chiqildi.

Mazkur texnik shartlar bo‘yicha loyihalash tashkilotlardan tijorat takliflarni taqdim etish so‘raladi.

Bunda:

- loyihani amalga oshirish muddati va mablag‘i;
- batafsil rejalashtirish loyihalarni ishlab chiqish uchun loyihalash tashkiloti ruxsatnomasi;
- loyihani amalga oshirish bo‘yicha jalb qilinayotgan loyihalash tashkiloti (konsultant)ning malakasi va tajribasi;
- loyihani amalga oshirish bo‘yicha jalb qilinayotgan mutaxassislarning malakasi va tajribasi;
- loyihalash tashkiloti (konsultant)ning ishtirok etgan loyihalari va ulardan namunalar (misollar, taqdimot materiallari) taqdim etiladi.

Kelib tushgan tijorat takliflari o‘rganilib eng yaxshi taklif bergan (bildirgan) loyihalash tashkiloti Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda tanlab olinadi.

Bajarilgan ishlar bo‘yicha to‘lovlar o‘rnatilgan tartibda o‘z muddatida amalga oshirilishini bildiramiz.

Murojaat uchun telefonlar: (75) 221-39-30; (90) 441-52-08

Quyida texnik shartlar ilova qilinmoqda:

Maydanak texnik topshiriq,

Miraki texnik topshiriq.

Foto galereya