Koson tumanida Senat raisi hamda Xalq deputatlari Koson va Muborak tuman Kengash deputatlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi (foto)
Uchrashuvda Tanzila Narbayeva Kengash deputatlarining mahalla yettiligi bilan hamkorligini kuchaytirish, deputatlarning xalq dardini olib chiqishi va masalalarni hal qilish bo'yicha faoliyatni kuchaytirish borasida ko'rsatmalar berdi. Yig'ilishda senat a'zosi Sherzod Shamsiyev, Xalq deputati, Koson tumani "Gala" mahalla fuqarolar yig'ini raisi viloyatda olib borilayotgan islohotlar va bunda xalq deputatlarining o'rni haqida gapirib o'tdi. Shuningdek, Senat raisi bugungi tashrif jarayonlari davomida Kasbi tumanidagi "Naxshab tex group" MCHJ va Koson tumanidagi "Bunyodkor tekstil" klasteridagi ishlar bilan tanishdi.
- 160
- 2024-04-19
Senat raisi Kasbidagi Qamashi qishlog‘ida "Obod mahalla maskani" markazida bo‘ldi (foto)
Markazda kasbilik ayollar bilan samimiy suhbat qilindi. Hududda ayollar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan holda vohaning qadimiy urf-odatlari, o‘ziga xos gilamdo‘zlik, kashtachilik anʼanalarini saqlab qolish va rivojlantirish, yoshlarga ham o‘rgatish lozimligi alohida eʼtirof etildi. Shu yerning o‘zida oila va xotin-qizlar tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari hamda mahallalarga biriktirilgan tijorot banklari vakillari bilan ham yig‘ilish o‘tkazildi. Unda, xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka keng jalb etish va iqtisodiy faolligini oshirish hamda salomatligiga eʼtibor qaratish borasida targ...
- 147
- 2024-04-20
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Qashqadaryoda
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva viloyatimizga tashrif buyurdi. Viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi masʼullar Qarshi temiryo‘l vokzalida kutib oldi. Shundan so‘ng, senat raisi va viloyat hokimi shu yerning o‘zidan Qarshi tumanidagi mahallalarga o‘rganish jarayonlariga yo‘l olishdi. Jumladan, tumandagi "Yertepa" mahallasida bo‘lib, u yerda mahalla yettiligi bilan uchrashgan holda aholi, xususan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, daromad manbaini oshirish, muammolarini o‘rganish va tizimli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Senat raisining tashri...
- 138
- 2024-04-19
Shahrisabz shahrida joriy yilning 25-27-aprel kunlari “Xalqaro festival” bo‘lib o‘tadi
Shahrisabz shahri 2024-yilda IHTning turizm poytaxti Shu munosabat bilan Shahrisabz shahrida joriy yilning 25-27-aprel kunlari “Xalqaro festival” bo‘lib o‘tadi. Unda Shahrisabzning ushbu maqomni olishini keng miqyosda nishonlash ko‘zda tutilgan. Qolaversa, shaharda va butun Qashqadaryo viloyatida turizm infratuzilmasini yaxshilash, ekoturizm, etnoturizm va boshqa yo‘nalishlarda salohiyatni yuksaltirish, hududning nomoddiy merosini keng ochib beruvchi madaniy tadbirlar, turizm tadbirkorligi, shu jumladan, yoshlarning faolligini oshirish bo‘yicha alohida dastur amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
- 135
- 2024-04-23
Qashqadaryo viloyati xaritasi
Ishonch telefoni faoliyati
Qashqadaryo viloyati hokimligining ishonch telefonini baholang. Javoblaringizni so'rovnomada ishtirok etgan holda qoldiring.
Qashqadaryo viloyati hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati
Siz Qashqadaryo viloyati hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan (Telegram, Facebook, Instagram va Youtube) xabardormisiz va kuzatib borasizmi? Ularni qanday baholaysiz?