“О‘zbekiston bо‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida viloyatimizdagi turli tashkilotlarda mehnat qilayotgan 100 nafar ishchi-xodim va ularning oila a’zolari uchun Xorazm viloyatiga sayohat uyushtirishdi.
Kurrai zaminning eng kо‘hna shaharlaridan biri, hozirgi kunga qadar butunligicha saqlanib qolgan yagona nodir obida - shahar - Xivaga uyushtirilgan safar ham esda qolarli bо‘ldi.
- Yoshim saksonga yaqinlashgan bо‘lsa-da, ushbu qо‘hna shaharga birinchi bor tashrif buyurishim, - deydi Ismat bobo Bozorov. - Ochiq osmon ostidagi bu muzey-shahardagi uzoq о‘tmish, asrlar osha bus-butun bizgacha yetib kelgan “Ichan-qal’a” nafaqat qashqadaryoliklarnib balki dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurayotgan minglab sayyohlarni hayratga solmoqda.
Bunday sayohatlarni yil davomida respublikamizning Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlariga ham uyushtirish rejalashtirilgan.
S.ALLAYOROVA
qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabar