G‘uzor tumanining 1-umumiy о‘rta ta’lim maktabida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi  Farmoni targ‘iboti va ijrosi yuzasidan amaliy seminar yig‘ilishi hamda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani 1-umumiy о‘rta ta’lim maktabining 85 yilligi  munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

 

 

 

Mazkur tadbirda 1-umumiy о‘rta ta’lim maktabining sobiq о‘quvchilari U.Uvatov, Y.Inoyatov va Q.Haqqulovlar  ushbu maktab kutubxonasiga kitoblar tо‘plamini topshirdilar. 1-umumiy о‘rta ta’lim maktabida о‘qituvchilik qilgan Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan mehmon M.A.Antoxinaning tadbirdagi ma’ruzasi kо‘pchilikka katta taassurot qoldirdi.

Tadbirdan sо‘ng mehmonlar uchun Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i” hamda Shahrisabz shahriga sayyohat uyushtirildi.

                                                        Suratlarni Murod Komilov olgan.

20-05-2019 |
Фото галерея